Telegram Stars — Telegram platformasining rasmiy virtual valyutasi bo'lib, 2024 yil aprelda joriy qilingan. Botlarga to'lov qilish, premium kontentga kirish va sevimli ijodkoringizni qo'llab-quvvatlash uchun ishlatiladi. Ammo O'zbekistonda asosiy muammo bor: Telegram rasmiy ilovasida Stars sotib olish uchun xalqaro bank kartasini (Visa, Mastercard) talab qiladi.
Ko'pchilik o'zbekistonliklarda esa faqat UzCard yoki Humo bor. Lekin endi Starspey.uz orqali bu muammo hal bo'ldi — o'zbek so'mida, UzCard va Humo bilan, atigi 5 soniyada Telegram Stars olish mumkin.
Telegram Stars nima va nima uchun kerak?
Telegram Stars — bu Telegram tomonidan joriy qilingan universal valyuta. Quyidagi maqsadlar uchun ishlatiladi:
- Telegram mini-ilovalarda xarid — o'yinlar, dasturlar va boshqa mini-apps
- Bot orqali premium kontent — mutaxassislar, o'qituvchilar va ijodkorlar kontent sotadi
- Kanallar reaksiyalari — Stars bilan maxsus reaksiya qo'yish
- Ijodkorlarga to'lov — video yoki post muallifi ga bevosita Stars yuborish
- Telegram Gift — do'stingizga Stars sovg'a qilish
Telegram'ning rejasiga ko'ra Stars kelajakda yanada ko'proq joylarda qo'llaniladi. Hozirdan jamlab qo'yish foydali.
O'zbekistonda Stars olishning muammosi nima?
Telegram rasmiy ilovasida Stars sotib olish uchun ikki yo'l mavjud:
- App Store / Google Play orqali — bu yerda xalqaro karta va katta komissiya kerak
- Telegram'ning to'lov sahifasi orqali — bu yerda ham xalqaro Visa/Mastercard talab qilinadi
O'zbekistonda 20 milliondan ortiq UzCard va Humo foydalanuvchisi bor. Bu kartalar xalqaro to'lovilarda qabul qilinmaydi. Natijada, Telegram Stars sotib olish imkonsiz bo'lib qolardi — to hozirga qadar.
Starspey.uz orqali qanday ishlaydi?
Starspey.uz — O'zbekistonda Telegram Stars va Premium sotuvchi xizmat. Bizda to'lov Paynet orqali amalga oshiriladi. Paynet esa UzCard va Humoni to'liq qo'llab-quvvatlaydi.
| Xususiyat | Starspey.uz |
|---|---|
| To'lov usuli | Paynet (UzCard va Humo kartalar) |
| Narx | 210 so'm / ta Stars |
| Minimal miqdor | 50 ta Stars |
| Yetkazish | 5 soniya |
| Akkauntga kirish | Shart emas |
| Xalqaro karta | Kerak emas |
Bosqichma-bosqich qo'llanma
Quyida Telegram Stars sotib olishning to'liq, bosqichma-bosqich ko'rsatmasi berilgan:
-
01
@starspey_bot ga yozing
Telegram ilovasida @starspey_bot ni qidiring va /start tugmasini bosing. Bot sizga xush kelibsiz xabari yuboradi.
-
02
"⭐ Telegram Stars" ni tanlang
Botdagi menyu'dan "Stars sotib olish" yoki "⭐ Telegram Stars" tugmasini bosing.
-
03
Miqdor va username kiriting
Nechta Stars kerakligini kiriting (minimal 50 ta). Keyin Telegram username ingizni kiriting. Masalan:
@username. Username ni Telegram → Settings → My Profile da topasiz. -
04
Paynet havolasi orqali to'lang
Bot sizga to'lov havolasini yuboradi. Havolani bosing va UzCard yoki Humo karta ma'lumotlarini kiriting. Paynet ilovasiz ham ishlaydi.
-
05
5 soniyada Stars tushdi!
To'lov tasdiqlanganidan so'ng Stars hisobingizga tushadi. Telegram ilovasida "You received X Stars" bildirishnomasini ko'rasiz.
Narx hisob-kitob
Starspey.uz da narx 210 so'm / ta Stars. Quyida tez-tez so'raladigan miqdorlar bo'yicha hisob-kitob:
| Stars miqdori | Narxi (so'm) |
|---|---|
| 50 ta ⭐ | 10 500 so'm |
| 100 ta ⭐ | 21 000 so'm |
| 250 ta ⭐ | 52 500 so'm |
| 500 ta ⭐ | 105 000 so'm |
| 1 000 ta ⭐ | 210 000 so'm |
Hozir sotib olishga tayyormisiz?
@starspey_bot ga yozing — UzCard yoki Humo bilan 5 soniyada Stars oling.
@starspey_bot ga o'tish